Sport | 21:52 / 27.05.2016
2735
1 daqiqa o‘qiladi

Nadal bilagidan jarohat olgani tufayli "Rolan Garros"ni tark etdi 

Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Fransiya Ochiq chempionati – "Rolan Garros" musobaqasidan chap bilagidan jarohat olgani sababli chiqib ketdi. Tennischi bu haqda maxsus matbuot-anjumanida e'lon qildi.  

"Afsuski, og‘riq bosilmayapti. Men musobaqani tugata olmasligimni bilaman, shuning uchun uni tark etishga qaror qildim. Men Uimbldongacha tiklanish uchun astoydil harakat qilaman. Yaxshiyamki, magnit-rezonans tomografiyasi suyak sinmaganini ko‘rsatdi, biroq men Madriddagi musobaqadan beri og‘riq sezmoqdaman", deb aytdi Nadal.

Nadal musobaqaning ikkinchi davrasida argentinalik Fakundo Bagnisni 3 setda yutib 3-bosqichga chiqqandi. Tennischi u yerda o‘zining yurtdoshi Marsel Granolers bilan uchrashishi kerak edi.

Endi Granolers kurashsiz musobaqaning 4-bosqichiga yo‘l oladi va u yerda Aleksandr Zverev (Germaniya) – Dominik Tim (Avstriya) juftligi g‘olibi bilan uchrashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish