Jahon | 10:48 / 27.05.2016
4677
1 daqiqa o‘qiladi

OAV Misr mehmonxonalaridagi narx 10 baravarga pastlagani haqida xabar berdi

Sharm-al-Sheyx kurort shahridagi eng hashamatli mehmonxonalar narxi ilk marta quyilab ketdi, deb xabar bermoqda Britaniya nashri bo‘lmish The Daily Mail. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Renaissance Hotel’dagi narxlar bir kecha uchun 23 funt sterlingga (33,7 dollar) pastlagan. Sunrise Select Diamond Beach Resort 35 funt sterling (51 dollar), Radisson Blu Resort’da esa 18,16 funt (26,61 dollar)ga narxlar tushgan.

Gazetaning ma'lum qilishicha, ilgari sayyohlar Sharm-al-Sheyxdagi mehmonxonalarga bir kecha uchun 200 funt sterlinggacha (293 dollar) haq to‘lashgan.

So‘nggi paytlarda Misrda ikkita yirik aviahalokat yuz berdi. Oktyabr oyida Sinay yarim orolida Airbus A321 samolyoti halokatga uchradi va 224 kishi qurbon bo‘ldi.
19 may kuni parijdan Qohiraga parvoz qilgan A320 radarlardan yo‘qoldi va keyinchalik uning ham halokatga uchragani ma'lum bo‘ldi. 66 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi.