Jahon | 15:27 / 27.05.2016
11397
1 daqiqa o‘qiladi
Savchenko Qrimni "Uchinchi jahon urushi"ni boshlash orqali qaytarish mumkinligini aytdi
Ukrainalik uchuvchi, millat qahramoni Nadejda Savchenko Qrimni qaytarish uchun "Uchinchi jahon urushini boshlashga to‘g‘ri kelishi" haqida aytdi. U Ukrainaga qaytishi munosabati bilan tashkil qilingan matbuot anjumani vaqtida shu haqda gapirgan.
Bundan oldinroq u agar zarurat tug‘ilsa, Ukrainaga prezidentlik qilishga tayyorligini ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 25 may kuni Savchenko qariyb 2 yillik asirlikdan keyin Rossiyadan qaytib keldi. U Ukrainadagi rossiyalik harbiy asirlar Yevgeniy Yerofeyev va Aleksandr Aleksandrovga almashtirildi.