Jamiyat | 11:18 / 27.05.2016
18510
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida huquq-tartibot organlari ishtirokida YTH sodir etildi

“Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta” guruhida 26 may kuni sodir etilgan yo‘l transporti hodisasining suratlari paydo bo‘ldi. Unda Kichik xalqa yo‘li va Do‘mbirobod ko‘chalari tutushgan joyda svetaforga borib urilgan huquq-tartibot idorlarining Cobalt rusumli avtouloviga guvoh bo‘lish mumkin.

YTH natijasida qurbon bo‘lganlar yoki jabrlanganlar haqida aniq ma'lumot keltirilmagan. Shuningdek, voqea nima sababdan ro‘y berganiga ham oydinlik kiritilmagan.