Jamiyat | 06:15 / 28.05.2016
5112
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyalik alimentni pitssa bilan to‘lashga ruxsat oldi

Italiyaning Paduya shahrida yashovchi erkak alimentni pitssa bilan to‘lash huquqini oldi. Nomi aytilmagan bu erkakning aytishicha, u sobiq rafiqasi bilan ajrashgandan keyin kichik qizini saqlash uchun har oy 300 yevro berib turishga kelishib olgan.

Biroq tez orada 50 yoshli erkakda aliment to‘lashga puli yo‘qligi aniqlangan. Shunga qaramay, u professional pitssa pishiruvchi bo‘lgani sababli rafiqasi va qizini bu yegulik bilan ta'minlab turishga tayyorligini bildirgan.

The Local nashrining ma'lum qilishicha, italiyalikning sobiq rafiqasini bu taklif qoniqtirmagan va u qizining otasi ustidan sudga ariza bergan. Biroq Paduya sudi erkakning yonini olib, u "qanday istasa, shunday aliment to‘lashi" mumkinligi haqida qaror chiqargan.