Sport | 07:38 / 28.05.2016
4676
1 daqiqa o‘qiladi
Levandovski doping-ofitserlar unga uxlashga berishmaganidan shikoyat qildi
"Bavariya" klubi va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski doping-ofitserlar unga uxlashga berishmaganidan shikoyat qildi. Bu haqda Bild nemis nashri xabar bermoqda.
Hujumchi Polshadagi Arlamuvda milliy terma jamoa safida Yevropa chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Futbolchi doping-ofitserlar uning yoniga ertalabki soat yettida tashrif buyurishganidan shikoyat qildi.
"Men eshikni ochmadim. Ular eshikni shunchalik uzoq taqillatishdiki, oxiri men o‘rnimdan turdim. Ular kechroq kelsalar ham bo‘lardi", deb xafa bo‘lib gapirdi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionatida Polsha bilan bir guruhdan Germaniya, Ukraina va Shimoliy Irlandiya terma jamoalari o‘rin olgan.