Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada «LUKoyl» bosh menejyerining o‘g‘li ushlandi
Moskva shahar politsiyasi «LUKoyl» top menejyeri Ruslan Shamsuarovning o‘g‘lini, politsiya bilan poyga o‘ynagach, hibsga olgan, deb xabar qilmoqda TASS agentligi shahar IIBB matbuot xizmatiga tayangan holda.
«Avtomobil egasi ushlangan, unga ma'muriy jazo qo‘llash uchun Gagarin sudiga olib keltirildi», — deb aniqlik kiritgan matbuot xizmati.
Shamsuarov Mercedes G 63 AMG mashinasi egasi bo‘lib, avtomobilni boshqargan do‘sti Abduvahob Majidov 23 may kuni bir necha soat mobaynida, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda, politsiya ta'qibidan qutilishga uringan. Bosh menejyer o‘g‘li, mashinasining old o‘rindig‘ida o‘tirgan va voqeani mobil telefoniga muhrlab, internetda sharhlab borgan.
Ushlangandan so‘ngra, translyatsiya vaqtida politsiya xodimlari sha'niga nisbatan nojoiz so‘zlarni ishlatgan.