Jahon | 09:39 / 28.05.2016
10966
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Dmitriy Medvedevning so‘zlariga izoh berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin, bosh vazir Dmitriy Medvedevning "mablag‘ yo‘q, ammo sizlar sabr qiling", degan so‘zlari xususida fikrlarini bildirar ekan, bosh vazirning qrimlik nafaqaxo‘rlarga javobi aks etgan videolavhalarni ko‘rmaganini ma'lum qildi. 

Qrim pensionerlari Rossiya bosh vaziriga nafaqaning kamligi va indeksatsiyaning yo‘qligidan arz qilishgan edi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi. 

Yarim orolga tashrif buyurgan Medvedev, mamlakatda indeksatsiya uchun mablag‘ mavjud emasligini ta'kidlab, fuqarolarga "bardam bo‘lish"ni tavsiya qilgan. 

Shunga qaramay, prezident Putin «hukumat barcha ijtimoiy majburiyatlarini so‘zsiz bajarish niyatida ekanini» ta'kidlagan.

«Har doim, suhbatning ichidan yoki matndan bironta iborani olib, boshqa mazmunda talqin qilish mumkin. To‘g‘ri xulosa qilish uchun esa, suhbat yoxud matndan to‘liq xabardor bo‘lish kerak», — degan Rossiya rahbari.