Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq harbiylari IShIDni Karmadan surib chiqardi
Iroq hukumati armiyasi Fallujani ozod qilish bo‘yicha keng ko‘lamli hujum davomida Karma shahrini IShID jangarilaridan ozod qildi.
VVS telekanali xabariga ko‘ra, hukumat qo‘shinlari ayni vaqtda Karmada bo‘lib turibdi va Bag‘doddan 45 km g‘arbdagi Falluja shahriga zarba berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
28 may kuni jangarilar Falluja shimolida avtomobil portlatgan va hukumat armiyasining bir necha askari halok bo‘lib, yana bir qancha kishi jarohatlangan.
Jangarilarning janubdan uyushtirgan qarshi hujumlari Harbiy havo kuchlarining vertolyotlari orqali qaytarilgan.
Bundan oldinroq, Fallujadagi jangarilarning dala qo‘mondonlaridan biri Mohir al-Bilaviy AQSh droni bergan zarba oqibatida halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Mayadin telekanali xabariga ko‘ra, Fallujaga Bag‘doddan 5 ming jangchi tashlangan. Ular shia tuzilmalarini almashtirdi, bu asosan sunniylardan iborat shaharni ozod qilish chog‘ida mazhablararo kelishmovchiliklar oldini olish maqsadida amalga oshirilgan.
Fallujada operatsiya boshlangunicha shaharni tark etishga ulgurmagan 50—90 ming atrofida aholi borligi aytilgan.
Ma'lumot uchun, Falluja IShID tomonidan 2014 yilda bosib olingan Iroqdagi ilk shahar bo‘lgan.