Jahon | 08:59 / 29.05.2016
2749
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada kichik samolyot falokatga uchrashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

AQShning Kaliforniya shtatida kichik samolyot falokatga uchradi. Fojia oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi.

Assoshieyted Press agentligining xabar berishicha, falokat 28 may kuni AQShning G‘arbiy sohilbo‘yi vaqti bilan soat 15:17 da sodir bo‘lgan. 

Ventura okrugi o‘t o‘chirish xizmati sardori Mayk Lindberi ma'lumotlariga ko‘ra, yengil motorli samolyot Ventura va Santa-Paula shaharlari o‘rtasidagi dalaga qulab tushgan. Samolyotning turi aniqlashtirilmoqda.

Ventura County Star nashrining yozishicha, samolyot tajribaviy turga kirgan. O‘t o‘chiruvchilarning aytishicha, samolyot qulagan joydan quyuq tutun ko‘tarilgan, samolyotning o‘zi esa butkul alanga ichida qolgan.

Voqea sabablari o‘rnatilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish