Jahon | 10:43 / 29.05.2016
2682
1 daqiqa o‘qiladi

Lufthansa Venesuelaga parvozlarni mamlakatdagi inqiroz tufayli to‘xtatib qo‘yadi

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi 18 iyun kunidan boshlab Venesueladagi iqtisodiy inqiroz tufayli bu mamlakatga parvozlar amalga oshirishni to‘xtatadi.

Kompaniya xabarida aytilishicha, Venesueladagi konvertatsiya qoidalari daromadlarni dollarga aylantirib, mamlakat hududidan tashqariga olib chiqishga imkon bermaydi.

Venesuela iqtisodi mamlakatning asosiy daromad manbai bo‘lgan neftning narxi tushishi tufayli og‘ir ahvolga kelib qolgan.

Lufthansa bayonotida qayd etilishicha, Venesuelaga xalqaro reyslar hajmi 2015 yil davomida va 2016 yilning birinchi choragida to‘xtovsiz tushib borgan. Kompaniya yaqin kelajakda parvozlar tiklanishiga umid bildirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish