Jamiyat | 16:16 / 29.05.2016
10724
1 daqiqa o‘qiladi

Ummonda chilim chekishga qarshi kurash boshlandi

Ummon sultoni chilim (kalyan) chekishga qarshi kurash boshlab, shunday xizmatlar taklif etiladigan kafe va restoran egalariga nisbatan qoidalarning qat'iylashtirilishi haqida ma'lum qilgan.

TASS agentligining mahalliy nashrlarga asoslanib xabar berishicha, Ummon sultonligi rahbariyati bunday kafe va restoranlar aholi turar joylaridan hamda hukumat tashkilotlari, ta'lim muassasalari, tibbiy va diniy binolardan kamida 200 metr masofada bo‘lishi kerak deb hisoblaydi.

Chilim taklif etiladigan mehmonxonalar kamida "uch yulduzli" bo‘lishi kerakligi belgilab qo‘yilgan. Binolarning ventilyatsiya tizimi talablarga javob berishi tekshiriladi. Bunday binolarga faqat voyaga yetganlar kiritiladi. 

Bundan tashqari, chilim xizmati bilan shug‘ullanuvchi xodim binoning oshxonasiga kirmasligi kerak bo‘ladi. Chilim mahsulotlari alohida sharoitlarda saqlanadi, faqat tabiiy ko‘mirdan foydalaniladi.