Fan-texnika | 18:56 / 30.05.2016
6059
2 daqiqa o‘qiladi

Asus uchta yangi smartfon taqdim etdi

Asus kompaniyasi Computex 2016 elektronika ko‘rgazmasida biryo‘la uchta Zenfone 3 yangi smartfonlarini taqdim qildi, deb xabar berdi The Verge. 

Barcha smartfonlar Qualcomm Snapdragon protsessorlar bazasida ishlaydi. Ular birinchi navbatda turli o‘lchamlari bilan ajralib turadi: Zenfone 3'ning hajmi 5,5 dyuym, Zenfone 3 Deluxe versiyasida - 5,7 dyuym va rekord 6,8 dyuym - Zenfone 3 Ultra qurilmasida.

Zenfone 3. Tayanch modelning operativ xotira hajmi 4 GB'ni, biriktirilgan flesh-xotira - 64 GB'gachani tashkil qiladi. Smartfon 16 va 8 Mp'li ikkita kamera, barmoq izlari skaneri, USB-C 2.0 va 3000 mA•ch sig‘imli batareya bilan boyitilgan. Qurilma bahosi - 294.

Zenfone 3 Deluxe. Bu smartfonning operativ xotirasi - 6 GB'gacha, doimiy xotirasi - 256 GB'gacha, asosiy kamera imkoniyati - 23 MP. Mazkur model narxi - 499 dollar.

Zenfone 3 Ultra. Uchinchi versiya, ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, 7,1 standart tovushni qo‘llovchi (ko‘p kanalli DTS surround) quloqchinlarga ega birinchi smartfon bo‘lib, u 4K-imkoniyatli televizorlarda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan darajadagi protsessorni o‘z ichiga olgan. Model shuningdek kuchli quvvatli akkumulyatori bilan ham diqqatga sazovor - 4600 mAch, xotirasi esa Deluxe'ga qaraganda kamroq - operativ xotira 4 GB'gacha hamda doimiy xotirasi 128 GB'gacha. Zenfone 3 Ultra bahosi - 479 dollar.