Jamiyat | 10:24 / 30.05.2016
4598
1 daqiqa o‘qiladi
«Barselona» Iroqda «Real» muxlislari o‘ldirilishi munosabati bilan hamdardlik bildirdi
«Barselona» jamoasi Iroqda IShID terrorchilari tomonidan «Real» muxlislarining o‘ldirib ketilishidan keyin jamoaga ta'ziya bildirdi.
«Terrorchilar Iroqda yana bir bor «Real» muxlislariga hujum qildi. «Barselona» o‘z hamdardligini va qo‘llab-quvvatlovini bildiradi», – deyiladi ko‘k-anorranglilar jamoasi rasmiy tvitterida.
28 may oqshomida Iroqda 4 nafar jangari «Real» muxlislari YeChL finalini tomosha qilayotgan xonaga bostirib kirgan va o‘t ochgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘lib, 8 kishi jarohatlangan.
Jangarilar voqea joyidan qochib ketishgan. Iroq hukumati bu hujum uchun javobgarlikni IShID zimmasiga yuklagan.