Jamiyat | 18:02 / 30.05.2016
7151
1 daqiqa o‘qiladi

«Buyuk Ipak yo‘li» turkumidagi markalar chiqarildi

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi «O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasi tayyorlagan «Buyuk Ipak yo‘li» turkumidagi markalarni muomalaga chiqardi.

Kompaniya saytida xabar qilinishicha, turkum 2ta pochta markasi va 1ta pochta blokidan iborat.

Pochta markalarida XI-XIX asrlarda Buyuk Ipak yo‘lidan o‘tgan shaharlar -"Ayoz-qal'a" va «Ark» qal'alari hamda Qarshidagi «Ko‘k-gumbaz» masjidi tasvirlangan.

Pochta blokida Buyuk Ipak yo‘li xaritasi, pochta bloki markasida — Buxorodagi tarixiy «Ark» qal'asi tasvirlangan.

Markalar 8000, pochta bloki — 5000 adadda nashrdan chiqqan.