Iqtisodiyot | 10:10 / 30.05.2016
4027
2 daqiqa o‘qiladi

Kuvayt neft sektorining rivojlanishiga 115 milliard dollar sarflaydi

Kuvayt hukumati neft sektori rivojlanishiga 34 milliard dinar (115 milliard dollar) ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqida vaqtinchalik neft vaziri vazifasini bajaruvchi vakili Vafa az-Zaabiy ma'lum qildi. 

"Taxminan 30 milliard (99 milliard dollar) Kuvaytning o‘zidagi loyihalarga sarflanadi: ulardan 63 foizi geologik tadqiqot hamda qazish ishlariga va 37 foizi qayta ishlash hamda neft-kimyo sanoati faoliyatiga yo‘naltiriladi", - deb keltiradi uning so‘zlarini KUNA agentligi.

"Neft sektori 94 foiz unga qaram bo‘lgan mamalakat uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega", - ta'kidladi u.

Az-Zaabiy hukumatning maqsadi 2020 yilga borib uglevodorodlar ishlab chiqarish darajasini sutkasiga 3 million barreldan 4 milliongacha ko‘tarish hamda 2030 yilga qadar buni saqlab qolish.

KUNA shuningdek Kuwait National Petroleum Company (KNPC "Kuvayt milliy neft kompaniyasi") hozirgi vaqtda "Toza yoqilg‘i" loyihasini kreditlash bo‘yicha kelishuvga erishishning yakuniy bosqichda ekanini xabar qildi. KNPC 6,4 milliard dollar miqdoridagi xorijiy kreditlarga murojaat qilishi kutilmoqda. Kuvayt milliy banki va "Kuvayt moliyaviy uyi" islom bankidan 1,2 milliard dollar olgan neftni qayta ishlash kompaniyasi ayni damda hujjatlarni tekshiruvdan o‘tkazmoqda. Yevropa, koreys va yapon kompaniyalari kreditor sifatida ishtirok etishadi. 

Loyiha maqsadi - yoqilg‘i, shu jumladan eksportga safarbar etiluvchi dizel, kerosin sifatini oshirish uchun mavjud neftni qayta ishlash zavodlarini modernizatsiyalashtirish hisoblanadi.