Pasxa orolidagi butlar global isish qurboniga aylanishi mumkin
Pasxa orolidagi mashhur butlar inson faoliyati bog‘liq iqlim o‘zgarishlarining ilk qurbonlariga aylanishi mumkin. Bu haqda BMT ekspertlari YuNeSKOning jahon merosi va sayyohlik haqidagi navbatdagi ma'ruzalarida ma'lum qilib o‘tishgan.
"Pasxa orolidagi ba'zi butlar yo‘qolib ketishi mumkin. Aytish mumkinki, iqlimning o‘zgarishi YuNeSKOning qo‘lda yasalgan barcha obektlariga ta'sir ko‘rsatadi", - deya ma'lum qildi hisobotning bosh muallifi Adam Markhem.
Markhem va YuNeSKOning o‘nlab ekspertlari bugungi kunda mavjud ochiq osmon ostidagi me'morchilik obidalarining iqlimning antropogen o‘zgarishiga, shu bilan birga dengiz sathining ko‘tarilishi, yillik o‘rtacha haroratning o‘sishi hamda ekstremal ob-havo ta'sirida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishini tahlil qilib chiqishdi.
Pasxa oroli - Yerdagi eng sirli joylardan biri bo‘lib, bu yerda gagant moai butlari ko‘rinishidagi ko‘plab tarixiy yodgorliklar mavjud. YuNeSKO tadqiqotchilarining fikricha, ular to‘g‘ri ma'noda Pasxa orolida to‘lqinlar ko‘tarilishi hamda sohilbo‘yi eroziya kuchayib ketishi natijasida yuvilib ketishi mumkin.
Butlar global isishning yagona qurboni emas, Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali ham dengiz sathi ko‘tarilishi hamda Atalantikadagi to‘fon faolligining oshishi natijasida yo‘qolib ketishi mumkin. Tirik tabiat obektlari ham jabr ko‘radi - masalan, Yellou milliy parki va Galapagoss orollari ham tabiiy talofatlar natijasida zarar ko‘rishi ehtimoldan xoli emas.