Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yo‘llarni ta'mirlash ishlari sentabr oyiga qadar davom ettiriladi
Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan ma'lum qilinishicha, poytaxtning markaziy tumanlarida yo‘llarni rekonstruksiya qilish ishlari shu yilning 10 iyunigacha tugatilishi rejalashtirilgan. Ko‘priklar qurish va yo‘llarni kapital ta'mirlash bo‘yicha yirik ishlar esa 1 sentabrgacha tugatiladi.
Toshkent shahar hokimligining matbuot kotibi Husan Ermatovning qayd etishicha, poytaxt yo‘llarida ta'mirlash ishlari olib borilayotgani sababli avtotransport vositalarining harakatlanishida qiyinchiliklar va cheklovlar bo‘lmoqda.
Shahar ma'muriyati va Toshkentda yo‘llarning qurilishi va ta'mirlanishiga bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar fuqarolardan bu ishlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishlarini so‘rab, vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘ragan.