Jahon | 07:50 / 30.05.2016
4181
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada portlash oqibatida 5 jandarm jarohat oldi

Turkiyaning janubidagi Diyorbakir tumanidagi Kulp shahrida portlash yuz berdi. Oqibatda 5 jandarm jarohat oldi, deb xabar bermoqda Haberturk gazetasi.

Ta'kidlanishicha, minalashtirilgan avtomobil jandarmeriya binosi yaqinida distansion pult yordamida portlatilgan.

Ma'lum qilinishicha, portlashdan keyin otishma boshlangan. Otishma davomida terrorchilardan birini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lingan. Qolgan ikki terrorchi qochib ketgan, hozirda ular qidirilmoqda.

Ayni vaqtda terakt uchun javobgarlikni hech qaysi bir tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish