Jahon | 15:20 / 31.05.2016
5084
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Jahon Savdo Tashkiloti qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda

Braziliya, Yaponiya, YeI va JSTning boshqa a'zolari, AQShni tashkilotning munozara qoidalarini qo‘pol ravishda buzish va agressiv tutishlikda ayblashmoqda, deb xabar qilyapti Rambler News Service. Amerika tomonining janubiy koreyalik hakam Chan Son Xvani yangi muddatga tayinlashga rozi bo‘lmagani ushbu bayonotga sabab bo‘lgan.

31 may kuni ushbu hakamning 4 yillik muddati poyoniga yetadi. Amerikaliklarning fikricha, Chan bir necha marotaba mavhum qarorlar qabul qilgan. AQSh vakillariga ko‘ra, «apellyatsiya organi — akademik institut emas».

Biroq, ushbu qarashga qarshi bo‘lganlarning ishonishicha, masalaga amerikacha yondashuv apellyatsion organning muhimligi va uning mustaqilligiga rahna solishi, bu o‘z navbatida JST munozara tizimiga salbiy ta'sir etishi mumkin. 

Yaqin oylarda, JST sudlarida bir nechta muhim ishlar ko‘rib chiqiladi. Jumladan, Xitoy maqomi masalasiga oydinlik kiritiladiyu. U "bozor iqtisodiyoti"ga ega davlat sifatida e'tirof etilsa, antidemping tortishuvlarida Pekin imkoniyatlarini kengaytiradi. 

Xitoy tomoni, tashkilotga a'zoligining 15 yilligi munosabati bilan, shu yilning dekabr oyida ushbu maqomni avtomatik ravishda olishiga umid qilayotgan bo‘lsa, AQSh tomoni bu maqomni faqatgina Apellyatsiya organi taqdim eta olishini ta'kidlamoqda.