Braziliya, Yaponiya, YeI va JSTning boşqa a'zolari, AQŞni taşkilotning munozara qoidalarini qöpol ravişda buziş va agressiv tutişlikda ayblaşmoqda, deb xabar qilyapti Rambler News Service. Amerika tomonining janubiy koreyalik hakam Çan Son Xvani yangi muddatga tayinlaşga rozi bölmagani uşbu bayonotga sabab bölgan.
31 may kuni uşbu hakamning 4 yillik muddati poyoniga yetadi. Amerikaliklarning fikriça, Çan bir neça marotaba mavhum qarorlar qabul qilgan. AQŞ vakillariga köra, «apellyatsiya organi — akademik institut emas».
Biroq, uşbu qaraşga qarşi bölganlarning işonişiça, masalaga amerikaça yondaşuv apellyatsion organning muhimligi va uning mustaqilligiga rahna solişi, bu öz navbatida JST munozara tizimiga salbiy ta'sir etişi mumkin.
Yaqin oylarda, JST sudlarida bir neçta muhim işlar körib çiqiladi. Jumladan, Xitoy maqomi masalasiga oydinlik kiritiladiyu. U "bozor iqtisodiyoti"ga ega davlat sifatida e'tirof etilsa, antidemping tortişuvlarida Pekin imkoniyatlarini kengaytiradi.
Xitoy tomoni, taşkilotga a'zoligining 15 yilligi munosabati bilan, şu yilning dekabr oyida uşbu maqomni avtomatik ravişda olişiga umid qilayotgan bölsa, AQŞ tomoni bu maqomni faqatgina Apellyatsiya organi taqdim eta olişini ta'kidlamoqda.







