Iqtisodiyot | 01:04 / 31.05.2016
6133
2 daqiqa o‘qiladi

Auktsionlar tarixida eng qimmatbaho deb baholangan sumka sotildi

Himolay timsohining terisidan yaratilgan Birkin sumkasi Hongkongdagi Christie’s kim oshdi savdosida narx bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Aksessuar 300,1 ming dollarga darhol sotildi, deb xabar beriladi auksion uyi rasmiy saytida. 750 karat oq tilla furniturali brilliantlar bilan yo‘g‘rilgan sumka avvaliga 194–259 ming dollarga baholangan edi, biroq natija kutilgandanda ziyoda bo‘ldi. Sotuvga qo‘yilgan model 2008 yilda yaratilgan. Uni ustaning bir o‘zi qo‘l mehnati orqali tayyorlagan. Usta qor bilan qoplangan Himolay cho‘qqilarini aks ettirish maqsadida timsoh terisini oqqa bo‘yagan. 

Eng qimmat sumka sifatida avvalgi rekord ham Birkin’ga tegishli bo‘lib, u 2016 yilning aprel oyida sotilgan. Kamyob qizil tusli timsoh terisidan yasalgan uzunligi 35 santimetrli «braise» deb nomlanuvchi model los-Anjyeleslik xususiy xaridorga 298 ming dollarga sotilgan. 

2016 yilning yanvar oyida Baghunter sayti chop etgan ma'lumotlarga muvofiq, Hermès Birkin sumkalarining bahosi so‘nggi 30 yil ichida 500 foizga oshdi. O‘rtacha hisobda ularning narxi har yili 14,2 foizga ortib bormoqda. 
Birkin sumkalari 1984 yildan beri Fransiyada ishlab chiqariladi.