Jahon | 16:36 / 31.05.2016
5438
1 daqiqa o‘qiladi

Deputat Savchenko Oliy Radaga murojaat qildi

Ukraina xalq deputati Nadejda Savchenko, Oliy radadagi ilk chiqishida, hamkasblarini o‘tgan yillar mobaynida halok bo‘lgan va asirlikda saqlanayotgan vatan himoyachilarini unutmaslikka chaqirdi. 

"Hech kim unutilmagan, hech narsa unutilmaydi", -degan Savchenko parlament minbaridan. 

U deputatlarga mamlakat fuqarolari oldidagi majburiyatlarini yodga soldi: "Biz Ukraina xalqi ishonchini qozona olmasak, ular bu kursilarda o‘tirishga imkon bermaydi".

Savchenko o‘z chiqishini Ukraina davlat madhiyasini kuylash bilan yakunlagan. Unga boshqa xalq deputatlari ham jo‘r bo‘lishgan. 

Savchenko parlament majlislar zaliga chap yelkasiga Ukraina milliy bayrog‘ini qo‘yib, qo‘lida qrim-tatar bayrog‘ini olib kirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish