Jahon | 17:48 / 31.05.2016
4647
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda «Kalashnikov» uchuvchisiz apparatlari namoyish etiladi

«Kalashnikov» konserniga qarashli korxona —uchuvchisiz boshqariladigan apparatlar ishlab chiqaruvchi Zala Aero Group o‘zining aktual ishlanmalarini Ostonada bo‘lib o‘tadigan KADEX-2016 qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasida namoyish etish istagini bildirmoqda, deb xabar qilgan RIA «Novosti» agentligi kompaniya matbuot xizmatiga tayangan holda. 

«Bugungi kunda Zala ishlab chiqqan uchuvchisiz apparatlar 2000 donadan ortadi. Ular, Rossiya IIV va FVV hamda boshqa maxsus kuchlar tuzilmalari ixtiyorida jangovar safga qabul qilingan. Ular o‘zlarining yuqori sifatini namoyish etishga ulgurishgan», — degan «Kalashnikov» bosh direktori Aleksey Krivoruchko.

Uning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi vaqtlarda, bu kabi apparatlardan fuqarolik sohasida ham ko‘p qo‘llanila boshlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish