Jahon | 14:39 / 31.05.2016
4282
2 daqiqa o‘qiladi

Latviyada kuz mavsumidan boshlab ruscha ismlarni taqiqlashi mumkin

Latviya hukumati 1 sentabrda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga faqat milliy ismlar qo‘yishni tavsiya etuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqa boshlaydi.  
Hujjat, shaxsiy ism-sharif va millatga oid ma'lumotlarni o‘zgartirishga doir qonun hujjatiga tuzatish hisoblanadi. 

Unga ko‘ra, agar ism latish tili qoidalariga mos kelmasa yoki shaxsga jamiyatning to‘laqonli a'zosi bo‘lishida qiyinchilik tug‘dirsa, qayd etilmasligi mumkin. 

Bugungi kunda, Latviyada barcha undosh bilan tugovchi erkak ismlari so‘nggiga «-s» («-s») harfi qo‘shiladi: xususan Miron ismi Mirons, Ruslan — Ruslans sifatida yoziladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Endilikda esa, latish tili grammatikasiga mos kelmaydigan ismlarni umuman taqiqlash taklif etilmoqda. 

Mamlakat adliya vazirligiga ko‘ra, bunday choralar «mamlakatdagi demokratik tuzum»ni himoya qilish va «Latviyaning boshqa fuqarolariga o‘z ona tillarida bemalol gaplashish» imkoniyatini beradi.

Ammo, ayrim ekspertlar fikricha, yangi qonun loyihasi Xalqaro fuqarolik va siyosiy huquqlar paktini buzadi. 

Bundan tashqari, 2010 yili BMT inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi, Latviyani latishcha bo‘lmagan ism-shariflarni pasportda buzayotganligi uchun tanqid qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish