Jahon | 17:56 / 31.05.2016
5797
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov Turkiyaning Iroqdagi xatti-harakatini haddan oshish deb atadi

Rossiya rasmiy Anqaradan Iroqdagi "haddan oshish"ga chek qo‘yishni talab qilishda davom etadi, deb bayonot berdi RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

U "Komsomolskaya pravda" gazetasi o‘quvchilari bergan savollarga javob berib, shunday fikrni bildirgan.

Lavrovning fikricha, g‘arb Turkiyaning mintaqadagi harakatlariga ko‘proq e'tibor qaratishi lozim. Rossiya esa, Turkiyadan Iroqdagi qo‘shinlarini olib chiqishni talab qilishda davom etadi. 

Lavrovning aytishicha, G‘arb Turkiyani o‘z ittifoqchisi deb bilgani bois, unga yumshoq muomalada bo‘lmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri, o‘z fikrining isboti sifatida, Turkiya harbiy kuchlari samolyotining Gretsiya havo kengliklarini buzgan hodisani yodga oldi. O‘shanda rasmiy Moskvaning bir necha bor qat'iy bayonotlariga qaramay, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg: "ular nima bo‘lganda ham NATO a'zosi, shu bois o‘zimiz hal qilamiz", deb aytgan edi. 

"U holda NATO a'zosi bo‘lmagan va Turkiya tomonidan havo hududi doimiy ravishda buziladigan Kipr masalasida nima deyish mumkin?" - deya savol bilan murojaat qilgan Lavrov. 

Sergey Lavrovga ko‘ra, Turkiya Iroqda o‘zining "yangi usmonlilar intilishini" namoyon etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish