Sport | 11:58 / 31.05.2016
3905
1 daqiqa o‘qiladi
Mxitaryan London jamoasiga o‘tish uchun «Borussiya» bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi
Armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryanning agenti Mino Rayola o‘z mijozi «Borussiya» bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lmagani haqida xabar berdi.
«Yangi shartnoma tuzish nima uchun kerak? Axir bizda 2017 yilgacha amal qiladigan shartnoma borku. Bizda kelajak haqida o‘ylab olish uchun ham vaqt bor», — deya Rayolaning so‘zlarini keltiradi Bild nashri.
Ma'lum qilinishicha, Mxitaryan shartnomasi muddati yakunlanmasdanoq kelgusida «Arsenal» yoki «Chelsi»ga o‘tishi mumkin.
Yakunlangan mavsumda Mxitaryan Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. U dortmundliklar safida 31 uchrashuvda maydonga tushib, 11ta gol urgan va 18ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.