Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada otxonadan qochib ketgan ot trolleybus bilan to‘qnashib ketdi
30 may kuni Moskva g‘arbida antiqa voqea yuz berdi. Nijniye Mnevniki ko‘chasida yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan trolleybus otxonadan qochib ketgan ot bilan to‘qnashib ketdi.
"Moskva vaqti bilan soat 16:00 da Nijniye Mnevniki ko‘chasida otxonadan qochib ketgan ot trolleybusga urilgan", deb ma'lum qilindi Moskva Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmatida.
Voqea oqibatida hech kim jabrlanmadi. Ot esa mayda jarohatlar olgan. "Tutqich bermas" ot trolleybus bilan to‘qnashgandan keyin "qo‘lga tushib", otxonaga qaytirilgan.