Jahon | 20:02 / 31.05.2016
5181
1 daqiqa o‘qiladi

Muhojirlar oqimi sabab Shvetsiyada erkaklar soni oshib ketdi

1749 yildan beri ilk marta Shvetsiya ayollarga nisbatan erkaklar soni oshib ketdi, deb yozmoqda Daily Mail.

Bu hodisa ayollar soni erkaklar sonidan ko‘p yuruvchi G‘arb davlatlari uchun g‘ayrioddiy sanaladi. Ma'lum bo‘lishicha, ilk marta Shvetsiyada erkaklar soni ayollar sonidan oshib ketdi. Ayni damda tafovut 12 ming kishini tashkil etmoqda.

Tadqiqotchilarning fikricha, bunga sabab erkaklarning umr kechirishi ayollarning umr kechirishi bilan tenglashganidadir. Shuningdek, asosiy qismi erkaklardan iborat Afrika va Yaqin Sharqdan kelayotgan muhojirlarning ham ta'siri sezilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish