Jamiyat | 20:17 / 31.05.2016
16442
1 daqiqa o‘qiladi

Olma-otada ekskavator piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan ayolni bosib ketdi (foto)

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan ayolni ekskavator bosib ketdi. Mashina haydovchisi yo‘lovchini ko‘rmagan va uni urib ketgan, deb xabar bermoqda Zakon.kz.

Bu voyeqa mahalliy vaqt bilan soat 15:30 lar atrofida sodir bo‘lgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, “zebra” ustida avtobus to‘xtagan va yo‘lovchilarni tushirgan. Undan tushgan ayol esa yo‘lakni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan hamda ekskavatorga duch kelgan. Ko‘p tonnali mashina to‘xtay olmagan va bir necha metr yurib borgan.

Olingan ko‘plab jarohatlar tufayli ayol voqea joyida halok bo‘lgan.

25-26 yashar ekskavator haydovchisini hibsga olishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish