Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramazon oyida 650 nafar o‘zbekistonlik Umra ibodatini amalga oshiradi
Bugun, 31 may kuni Toshkentning "Shayx Zayniddinxon" masjidida Ramazon Umrasiga boruvchi ziyoratchilar guruh rahbarlari uchun amaliy o‘quvlar tashkil etildi.
O‘quvlar davomida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Soliqni saqlash vazirligi xodmlari tomonidan ziyoratchilarimizga xizmat qilish, ularning ibodat qilish davomida sog‘liqlarini ehtiyot qilishlari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Aytish o‘rinliki, an'anaga ko‘ra, ziyoratchi yurtdoshlarimiz Madina va Makka shaharlaridagi qlay va shinam mehmonxonalarga joylashadilar. Bu yil ham Madinadagi mehmonxona masjiddan 100-150 metr, Makkada esa 1000-1500 metr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, ziyoratchilarimiz uchun barcha sharoitlar yaratilib hozirlab qo‘yilgan.
Umrachilarimizga ishchi guruhi, shifokor, oshpazlar va guruh rahbarlari jami 24 nafari kechayu kunduz xizmat ko‘rsatadilar.
Ro‘zador ziyoratchilarimizga ikki mahal saharlik va iftorliklari uchun issiq ovqat, choy va boshqa ichimliklar taqdim etiladi.
Ayni paytda yurtdoshlarimizdan 650 nafari muborak Ramazon oyida Umra ibodatini amalga oshirish uchun shaylanib turibdilar.