Ruminiya prezidenti kommunizm jinoyatlarini inkor etganlarni jazolashni taklif etdi
Ruminiya davlat rahbari Klaus Yoxannisning fikricha, mamlakatda kommunizm jinoyatlarini rad etganlar uchun jazo tayinlashni ko‘zda tutuvchi qonun qabul qilish zarur, deya xabar qilmoqda Ruminiya OAV.
Rumin prezidenti kommunizmga qarshi harakatga bag‘ishlangan "Qanot" yodgorligi ochilishi marosimida shunday bayonot bergan.
Yoxannisning aytishicha, so‘nggi vaqtlarda "kommunistik tuzum qurbonlari fojiasini rad etuvchi yoki ularni ma'qullovchi insonlar paydo bo‘lmoqda".
"Biz kommunistik tuzumning har qanday jinoyatini yoqlashni taqiqlovchi qonunga muhtojmiz", — deb Yoxannis so‘zlarini keltiradi mediafax.ro. agentligi.
Uning fikricha, totalitar tuzumning fojiali oqibatlari unut bo‘lmagani va huquqiy davlat prinsiplariga sodiqlikni faqatgina shu yo‘l bilan isbotlash mumkin.