Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi navbatdagi portlashda 4 kishi halok bo‘ldi
30 may kuni Turkiyaning janubi-sharqiy viloyati Shirnaqda portlash yuz berdi. Viloyatdagi Silopi shahrida kanalizatsiya lyuki ostiga qo‘yilgan qo‘lbola portlovchi qurilma portlatildi. Portlash politsiya mashinasi o‘tayotganda sodir etilgan.
Voqea oqibatida 4 fuqaro halok bo‘lgan, yana 19 kishi jarohat olgan, ular orasida 5 nafar politsiyachi bor, deb xabar bermoqda NTV telekanali.
Oxirgi oylarda Turkiyada teraktlar ko‘plab sodir etilmoqda. Oxirgi bunday teraktlardan biri 25 may kuni Mardin viloyatidagi jandarmeriya bazasida sodir etildi. Kuchli portlash oqibatida 3 nafar politsiyachi halok bo‘lgandi, yana 3 nafari jarohat olgandi.