Jahon | 14:50 / 01.06.2016
3271
1 daqiqa o‘qiladi

Aliyev: "Energetika omili siyosiy maqsadlarga xizmat qilmasligi zarur"

"Kaspiy nefti va gazi" xalqaro ko‘rgazma va konferensiyasi ochilish marosimida chiqish qilgan Ozarboyjon rahbari Ilhom Aliyev, energetikadan siyosiy maqsadlarda foydalanmaslik zarur, degan fikrlarni bildirgan. 

"Energetika omili, qandaydir imtiyoz yoki ustunliklarga ega bo‘lish uchun tovlamachilik yoki qo‘rqitish maqsadlariga xizmat qilmasligi zarur", - degan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev.

Uning qayd etishicha, rasmiy Boku "energetikadan xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida foydalanadi". "Ozarboyjon hech qachon energetik ustunligidan siyosiy maqsadda foydalanmagan", - degan davlat rahbari. 

Uning fikricha, "energiya zaxiralari iste'molchilari, uni tranzit qiluvchilari va ishlab chiqaruvchilarining o‘zaror kelishishi", "muvaffaqiyat va energiya xavfsizligini ta'minlaydi".

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish