Jahon | 10:52 / 01.06.2016
6118
1 daqiqa o‘qiladi

Himolay cho‘qqilaridan biri Nadejda Savchenko sharafiga nomlandi

Himolay cho‘qqilaridan biri ukrainalik harbiy xizmatchi, keyinchalik Yuqori Rada deputati Nadejda Savchenko sharafiga nomlandi.

Bu haqda Nepalda xalqaro tadbir tashkillashtirayotgan sport jurnalisti Valentin Sherbachev ma'lum qilgan.

Sherbachevning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili tog‘lardan biri Ukraina qahramonlari sharafiga nomlangan edi. Bu yil esa Nepal hukumati Himolay cho‘qqilaridan biri rasman “Nadiya” deb nomlangani haqida sertifikat taqdim etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish