Hindiston iqtisodiyot rivojlanishi sur'atlari bo‘yicha Xitoydan o‘zib ketishini oshirdi
Hindistonning 2016 yil 1-chorakdagi iqtisodiy o‘sish sur'atlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,9 foizni tashkil qildi, deb xabar bermoqda The Financial Times nashri.
2015 yilning 4-choragida Hindiston yalpi ichki mahsuloti 7,2 foizga o‘sdi. Taqqoslash uchun, Xitoy iqtisodiyoti yanvar-martda 6,7 foizga sekinlashdi. Shu tariqa, ikki davlat o‘rtasidagi o‘sish sur'atlari bir foizlik punktdan oshdi.
Saylovchilardan bir qismi Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va yetakchi BDP (Bxaratiya janata parti) partiyasini har oy million ish o‘rni yaratish haqidagi va'dasini bajarmayotganlikda ayblamoqdalar. Yosh hindistonliklarni ish bilan ta'minlash uchun aynan shuncha miqdordagi ish o‘rni zarur.
Asr boshidan boshlab o‘tgan yilgacha Xitoy dunyoning eng yirik davlatlari o‘rtasida YaIM o‘sishi bo‘yicha yetakchi bo‘lib kelayotgandi. 2009 yilgacha Xitoy iqtisodiyoti yiliga o‘rtacha 9-10 foizga, oxirgi yillarda esa 7-8 foizga o‘sayotgandi.
Xitoy YaIM o‘sishi sur'atlari 2010-yillarning o‘rtalariga kelib ishchi kuchi qiymatining oshigi, iqtisodiyotning haddan tashqari kreditlashgani sababli sekinlasha boshlagan. Biroq Xitoy YaIM hajmi bo‘yicha hanuzgacha yirik rivojlanayotgan davlatlar – Braziliya, Hindiston va Rossiyaning YaIM hajmlari birgalikda olinganidan ko‘proqni tashkil qiladi.