Jahon | 11:23 / 01.06.2016
2339
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyada 650 kilogramm kokain olib ketayotgan qayiq musodara qilindi

Kolumbiya huquq posbonlari, bortida 650 kg kokain bo‘lgan tezyurar qayiqni ushladi, deb xabar qilmoqda mahalliy hukumat rasmiylari. 

20 minutos portali xabar qilishicha, qayiq Karib dengizidagi San-Andres orolida ushlangan. Unda, 650 kilogramm taqiqlangan giyohvand moddasi va uch nafar ekipaj a'zosi borligi aniqlangan. Ularning ikki nafari kolumbiyalik, biri gonduraslik bo‘lgan. Ularning barchasi ushlangan. 

Hukumat hisoblariga ko‘ra, musodara qilingan mollarning "qora bozor"dagi narxi taxminan 20 mln dollar turadi. Kokain partiyasi dengiz yo‘li orqali Gondurasdan AQShga o‘tkazish uchun yuborilgan bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish