Okeanning eng "bokira" suvlari topildi
AQShlik geofiziklar ularning fikricha bir necha yuz yillar davomida sayyoramiz atmosferasi bilan ta'sirga kirmagan, Dunyo okeanining eng "bokira" suvlarini aniqlashdi. Tadqiqot Nature Geoscience jurnalida chop etildi, u haqda qisqacha Vashington universiteti saytida ma'lum qilingan.
Olimlarning aniqlashicha, Janubiy Okeanda, Antarktidani har tomondan o‘rab olgan 3 km lik chuqurlikdagi suv sayyoramizda inson faoliyati bunchalik ta'sirli bo‘lmagan paytdan beri (global issiqlikkacha) yuzaga chiqmagan.
Geofiziklarning tushuntirishicha, Dunyo okeanidagi suv juda tez va katta chuqurliklarda aralashadi. Ayniqsa bu chuqurlikdagi suv yuzaga chiqib qiziydigan ekvatorial va shimoliy hududlarga xosdir.
Antarktida hududida GDAC (Global Data Centres) yordamida o‘tkazilgan tadqiqotning ko‘rsatishicha, sovuq chuqur suvlar global issiqlikni to‘xtatadi. Avvalroq olimlar o‘z iqlim modellarida bunday taxmindan foydalanishgan edi, biroq uning ko‘lamining miqdoriy qiymatiga ega bo‘lishmagan.