Jahon | 13:05 / 01.06.2016
6421
2 daqiqa o‘qiladi

Tadqiqot: Nigeriya PM10 ko‘rsatkichi bo‘yicha eng iflos shaharlarga ega

Yangi tadqiqotlarga ko‘ra, Nigeriyaning bir necha shaharlari taraqqiyotning salbiy oqibatlariga duch kela boshlagan. Zaharli havo, chiqindilar va ifloslangan ichimlik suvi shular jumlasidan. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti e'lon qilgan yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, dunyoning atmosferasi eng iflos 4 shahri aynan Nigeriyada joylashgan. 

Mamlakatning chekkarog‘ida joylashgan Onitsha (Onitsha) shahri RM10 (particulate matter concentration-qattiq zarralar konsentratsiyasi) darajasi o‘lchanganda, dunyoning havosi eng ifloslangan shahri maqomiga ega bo‘lgan. Mamlakat janubidagi tez sur'atlarda rivojlanayotgan port shahri JSSTning PM10 ko‘rsatkichi bo‘yicha ruxsat bergan raqamidan 30 marta ko‘p zararlangandir. 

JSST antireytingida Nigeriyaning yana 3ta shahri, shimoldagi transport xabi Kaduna (Kaduna) beshinchi, uning ortidan Aba (Aba) oltinchi va Umuahiya (Umuahia) 16 o‘rinni band etgan. 

O‘tgan yili Jahon banki, Nigeriya aholisining 94 foizi havosi iflos hududlarda istiqomat qilishi va havoni zaharli chiqindilarni chiqarish qiymati yalmi milliy daromadning bir foizini tashkil etishi xususida hisobotini e'lon qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish