Texnologiya | 17:23 / 01.06.2016
2543
1 daqiqa o‘qiladi

Xiaomi smartfonlariga Microsoft dasturlari o‘rnatiladi

Microsoft korporatsiyasi smartfonlar va planshetlar ishlab chiqaruvchi Xiaomi Xitoy kompaniyasi sheriklik bitimini imzoladi. Unga ko‘ra, Amerika kompaniyasi patentlarining bir qismini sotadi. Bu haqda Microsoft ma'lumotiga tayanib RIA Novosti xabar qildi.

Natijada Xiaomi o‘zining Android smartfonlarida Google’dan Word, Outlook va Skype kabi dasturlarni o‘rnatadi.

Bitim doirasida Xiaomi o‘z smartfon hamda shaxsiy kompyuterlarida Microsoft Office va Skype dasturlarini qayta o‘rnatadi. “Natijada Xitoy, Hindiston va butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar ish, hamkorlik va muloqot uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Kompaniyalarning hamkorligi shuningdek, huquqlarni taqdim etish bo‘yicha kross-lisenzion va patent kelishuvini o‘z ichiga oladi”, - deyiladi xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish