Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
10 iyun kuni Sergeli tumanida yangi bog‘ ishga tushadi
10 iyun kuni Sergeli tumanida sobiq Usmon Nosir istirohat bog‘i yangi «Green Park» nomi ostida ishga tushadi.
UZ24 saytining xabar berishicha, joriy yilda bog‘ning 4 gektardan ortiq maydonga ega qismi tashrif buyuruvchilarga xizmat qiladi. Istirohat bog‘ida Yevropa ishlab chiqaruvchilari tomonidan o‘rnatilgan 16ta yangi attraksion ishlaydi. Attraktsionlarda uchish narxi 1 000 so‘mdan 4 000 so‘mgacha bo‘ladi.

Sun'iy suv havzasi joylashgan bog‘ning boshqa bir qismida ta'mirlash ishlari davom etayotgani uchun hozircha tashrif buyuruvchilarni qabul qilmaydi.
Bog‘da sakkiz yil davomida yopiq turgan barcha daraxtlar va yashil ko‘kalamzorlar saqlanib qolgan. Tashrif buyuruvchilarning qulay sharoitlarda dam olishi va ularning xavfsizligini ta'minlash maqsadida bog‘da maxsus kartalar orqali to‘lovni amalga oshirish va video kuzatuv tizimi joriy etilgan.






