Light | 15:04 / 02.06.2016
24925
2 daqiqa o‘qiladi

Dahshatli gigant qo‘lli hindistonlikni shaytonvachcha deya haqoratlab, uydan haydashdi

Bablu ismli hindistonlik lokal gigantizmdan aziyat chekadi - bu kasallik natijasida uning bir qo‘li misli ko‘rilmagan darajada o‘sib ketdi: uning o‘ng qo‘li 20 kilogrammni tashkil qiladi.

Qo‘shnilari unga "shaytonning urug‘i" deb laqab qo‘yishdi.

25 yoshli hindistonlik yigitdan oilasi ham voz kechgandan keyin u uyini tark etishga majbur bo‘ldi hamda Mumbayga jo‘nab ketishga qaror qildi. 

Mahalliy jurnalist u bilan bir necha soatni birga o‘tkazib, Bablu har kuni duch keladigan qiyinchiliklar haqida yozdi. 

"Men ulkan shaharning million aholisi orasida u qadar ko‘zga tashlanmayman deb o‘ylardim, biroq bu yerda ham xuddi shunday munosabatga yo‘liqdim, chunki odamlar qo‘limning bahaybatligidan qo‘rquvga tushishmoqda", - deya so‘zlab berdi Bablu. 

Yigit bunday qo‘l bilan ish topish juda qiyin masala ekanligidan arz qildi.