Texnologiya | 09:18 / 02.06.2016
5478
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada Quyosh tizimining cho‘ntakda olib yursa bo‘ladigan modeli yaratildi

Fransiyaning Van Cleef & Arpels dizaynerlik kompaniyasi The Midnight PlanetaryTimepiece deb nomlangan soat yaratdi. Bu soat antiqa aksessuarlar ishtiyoqmandlariga xush keladi. Ularning o‘ziga xosligi shundaki, soat siferblatining katta qismini Quyosh tizimining modeli egallaydi. Unda sayyoralar Quyosh atrofida real vaqt rejimida harakatlanadilar. Bu haqda Ufunk xabar bermoqda. 

Fransiyalik dizaynerlar yaratgan qurilmada sayyoralar qimmatbaho toshlardan yasalgan. G‘oyaning o‘ziga xosligi va uni amalga oshirishning aniqligini inobatga olib, bunday soatning narxi 225 ming dollarni tashkil qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish