Jamiyat | 15:22 / 02.06.2016
7563
2 daqiqa o‘qiladi

Nafaqa tayinlashdagi qonunbuzarlik o‘z vaqtida fosh etildi

QFY mas'ul kotibi Najmiddin Abdullayevning “saxovatpeshaligi”  hamda komissiya a'zosi, kam ta'minlangan oilalarga nafaqa tayinlanishini nazorat qilishi lozim bo‘lgan tuman bandlikka ko‘maklashish markazining  ushbu QFYdagi hududiy inspektori Nuritdin Nishonovning qo‘llab-quvvatlashi oqibatida arizalar bo‘yicha oilalarning moddiy va mulkiy ahvoli to‘liq o‘rganilmasdan xulosalar tayyorlanib, muhtojlar qatorida o‘ziga to‘q xonadonlarga ham nafaqa to‘lanavergan. 14 holatda 14 yoshgacha bolali oilalarga nafaq puli va 20 ta holatda ikki yoshgacha bola parvarishi uchun nafaqa puli-jami 25 mln. 941 ming so‘m qonunga zid ravishda to‘lab yuborilgan. Bu to‘g‘risida “Huquq” gazetasi yozmoqda. 

Dastlabki tergovda yetkazilgan zarar o‘rni to‘liq qoplandi. Fuqarolar noqonuniy to‘langan nafaqa pullarni qaytarib topshirishdi. JKning 167-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan N.Abdullayev  va N.Nishonovning aybi to‘liq iqrorliklaridan tashqari guvohlar, fuqaroviy da'vogarning ko‘rsatmalari, hujjatli dalillar bilan isbotlandi. Qonunlarimizga xos insonparvarlik namunasi sifatida sudlanuvchilarga tegishli xulosa chiqarib, bundan keyin halol ishlab yashash uchun imkoniyat berildi. Sud ularga axloq tuzatish ishlari jazosini tayinlagan holda amnistiya aktini qo‘llab, jazoni o‘tashdan ozod qildi.