Jamiyat | 19:24 / 02.06.2016
4698
1 daqiqa o‘qiladi

Ruminiyalik sirkchi Sevilya aeroportida o‘z qaylig‘ini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Ispaniyaning Sevilya shahridagi aeroportda 34 yoshli ruminiyalik sirkchi o‘z qaylig‘ini bo‘g‘ib o‘ldirdi, deb xabar beradi El Mundo.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, sevishganlar o‘rtasida Italiya reysiga kechikish sabab nizo kelib chiqqan. 

Bahs aeroport turargohidagi mashinada avjiga chiqqan. O‘sha yerdan millati rumin bo‘lgan 32 yoshli ayolning jasadi topilgan. Jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan shaxs politsiyaga o‘zini topshirdi. 

2015 yilning 18 oktabrida reysga kech qolgan britaniyalik ayol Istanbul aeroportida o‘zini o‘ldirgan.