Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Jahon fuqaroligi indeksida 111-o‘rinni egalladi
Jahon fuqaroligi indeksi - dunyoning turli mamlakatlari fuqaroligining obektiv shkala qiymatini namoyish qiladi. Bu u yoki bu fuqarolikning sifat ko‘rsatkichlariga ta'sir ko‘rsatuvchi ichki omillar (iqtisodiyot ko‘lami, insoniylik salohiyatining rivoji, jamoat tartibi va barqarorlik) bilan birga tashqi omillarni ham (qisqa muddatli sayohatlarga vizasiz rejim, xorijda vizasiz yashash imkoniyati) ko‘rib chiqadi.
Indeks iqtisodiy jihatdan omadli mamlakatlarning pasporti har doim ham o‘z fuqarolari uchun eng yaxshi sharoitlarni taklif qilmasligini ko‘rsatmoqda. Masalan, iqtisodiy gigant Xitoy fuqarolariga har doim ham eng sifatli fuqarolikni taqdim etmaydi.
Reyting bugun 2 iyun kuni Henley & Partners konsalting kompaniyasi tomonidan taqdim etildi. Unga ko‘ra, 1- o‘rin Germaniyaga nasib etdi. MDH davlatlaridan Rossiya 60-o‘rinda, Qozog‘iston - 83-o‘rinda qayd qilingan.
O‘zbekiston ushbu reytingda 111-o‘rinni egalladi. Tojikiston va Qirg‘iziston esa 116- hamda 119- pog‘onalardan joy olishdi.
Indeks har yili qaytadan yangilanadi.