Jahon | 19:16 / 03.06.2016
6872
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Eronni terrorizmning bosh homiysi deb atadi

AQSh Davlat departamentining yillik hisobotiga ko‘ra, Eron xalqaro terrorizmning bosh homiysi sifatida keltirilgan. Bu haqda The Independent xabar tarqatgan.

Hisobotda qayd etilishicha, Eron Islom respublikasi "2015 yilda ham terroristik aktlar tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy yordamlar ko‘rsatish, mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali butun dunyodagi ko‘plab terrorchi guruhlarga asosiy homiy vazifasini o‘tagan".

Tekshiruvlarda aniqlanishicha, Eron Livandagi "Hezbolloh", Falastindagi jangari guruhlar (jumladan, XAMAS) va Suriyadagi Bashar Asad tuzumining bosh homiysi hisoblanadi.

Xabar qilinishicha, Eron bilan yadroviy masalada kelishuvga erishilib, sanksiyalar yechilgan bo‘lsada, mamlakat "Islom inqilobi posbonlari" korpusi va "Kods" nomli maxsus guruhdan o‘zining tashqi siyosatdagi maqsadlaridan foydalanishda davom etmoqda.

Eronning diniy rahnamosi Ali Xomaneiy bu hisobotga javoban "rasmiy Tehron mintaqaviy masalalarni hal qilishda o‘z raqiblari hisoblanadigan AQSh hamda "iblisona" Buyuk Britaniya bilan maslahatlashib ish yuritmasligi" haqida gapirgan.

Bundan tashqari, amerikaliklarning hisobotida Suriya va Sudan mamlakatlari hukumatlari ham terrorizmni rag‘batlantiruvchilar sifatida sanab o‘tilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish