Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotadagi qiyshayib qolgan 9 qavatli uy buzib tashlanadigan bo‘ldi
Qozog‘iston poytaxti Olmaota shahridagi "Algabas" mikrotumanidagi avariya holatidagi uydan shoshilinch ravishda ko‘chirilgan fuqarolar miting o‘tkazishdi.
Ular shahar hokimiyatidan turarjoy masalasini tezroq hal etish va qimmatbaho buyumlari va kiyimlarini olish uchun xonadonlarga qo‘yishni talab qilishgan.
Bugungi kungacha ular xonadonlariga qo‘yilmagani xabar qilinmoqda. Endilikda bu kishilarga 2-3 nafardan bo‘lib uylariga kirib chiqishi uchun ruxsat berildi.
Hokimiyat vakillari pudratchilar tomonidan qurilgan barcha ko‘pqavatli uylar xavfsizligi ko‘zdan kechirilishini bildirishgan.
Bundan tashqari, "Algabas" mikrotumanidagi avariya holatidagi uy hokimiyat qaroriga ko‘ra buziladi.
Olmaotada 9 qavatli uyning egilib qiyshayishi tufayli 200dan ortiq kishi ko‘chirildi