Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 12:20 / 03.06.2016
5424
1 daqiqa o‘qiladi
APL futbolkaning orqa qismida chiziqlardan foydalanishni taqiqladi
Angliya Premer-ligasi jamoalarga futbolkaning orqa qismida, futbolchining raqami va familiyasi joylashadigan o‘rinda chiziqlardan foydalanishni taqiqladi.
Muxlislar va hakamlar futbolchining formasidan raqami va familiyasini oson aniqlab olishlari uchun shu qoida joriy qilingan.
Qayd etilishicha, UYeFA APLdan shu tartibni ta'minlashni talab qilgan.
Shu tariqa, «Sanderlend», «Stok Siti», «Sautgempton», «Hall Siti», «Bornmut» va «Vest Bromvich» jamoalarining an'anaviy formalariga o‘zgartirishlar kiritilishiga to‘g‘ri keladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish