Jahon | 16:47 / 03.06.2016
3571
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya Airbus H225 vertolyotlari parvozini taqiqladi

Yaponiya hukumati joriy yilning aprel oyida Norvegiyada halokatga uchragan Airbus N225 vertolyotini mamlakat bo‘ylab uchishini taqiqladi. Bu haqda “Kiodo” agentligi xabar bermoqda.

29 aprel kuni halokatga uchragan vertolyot qurbonlari soni 13 kishini tashkil etgandi. Fojia texnik sabablarga ko‘ra, ro‘y bergan edi.

Yaponiya yer va transport vazirligining ma'lum qilishicha, xuddi shunday vertolyotlardan Tokio sohil qo‘riqlash hamda o‘t o‘chirish xizmati foydalanadi. Ularning parvozini taqiqlanishi aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha Yevropa agentligining Airbus H225 LP va AS332 L2 Super Puma vertolyotlaridan foydlanishni taqiqlash bilan bog‘liq.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish